Huawei 1
Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Damas urib yuborgan ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

Holat Quva — Marg‘ilon — Marhamat yo‘lining Toshloq tumani Yakkatut mahallasidan o‘tuvchi ichki qatnov yo‘lda sodir bo‘lgan. 34 yoshli Damas haydovchisi spirtli ichimlik taʼsirida avtomashinani yuqori tezlikda boshqarib ketayotib oldinda velosipedda ketayotgan fuqaroni urib yuborgan.

So‘ngra u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l chetida onasi bilan ketayotgan 5 yoshli qizni ham urib, voqea joyidan qochib ketgan. Hodisa oqibatida bola shifoxonada, 71 yoshli erkak esa hodisa joyida vafot etgan.

YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, viloyatda 2024 yilda jami 2794 ta holatda mast holda avtomashina boshqarish bilan bog‘liq qoidabuzarlik sodir etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12115 | Инструменты