Huawei 1
UFC 311 turnirida kim qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

19 yanvar tongida AQSHning Loc-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 311 turniri yakuniga ko‘ra jangchilarning gonorarlari e’lon qilindi. 

Gonorarlar umumiy hisoblangan holda beriladi. Ya’ni homiylardan, tele-translyatsiyalardan yig‘ilgan pullar jangchilarga gonorar sifatida taqdim etiladi. Shuningdek, kechaning eng yaxshi jangi va jangchisi va shunga o‘xshash nominatsiya g‘oliblariga ham mukofot pullari topshiriladi. Bu borada eng ko‘p pul ishlab olgan jangchi yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev bo‘ldi. U turnirdan umumiy 3 million 642 ming dollar ishlab topdi. 

Jangchilar ishlab topgan gonorarlar:

Islom Maxachev - 3.642.000 $;

Merab Dvalishvili - 2.192.000 $;

Renato Moykano - 1.382.000 $;

Umar Nurmuhammedov - 1.132.000 $;

Irji Proxazka - 406.000 $;

Kevin Xolland - 371.000 $;

Grant Douson - 361.000 $;

Diyego Fereyra - 316.000 $;

Jailton Almeyda - 250.000 $;

Sergey Spivak - 211.000 $;

Jamal Xill - 200.000 $;

Tagir Ulanbekov - 77.000 $;

Bogdan Guskov - 86.000 $;

Azamat Bekoyev - 56.000 $;

Muin Gofurov - 50.000 $.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12118 | Инструменты