Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan tuman Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.Sh. va boshqalar “Katta-qani” MFY hududida noqonuniy tashkil etgan savdo rastasida xaridorga 1 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini 40 ming so‘mga sotganligi aniqlanib, tekshiruv jarayonida turli nomadagi xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 38 mln so‘m bo‘lgan jami 1 544 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12118 | Инструменты