Huawei 1
24-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilashga 6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Qarorda, shuningdek, joriy yilda Toshkent shahrida yog‘ingarchilik davrida suv toshqinlarining oldini olishga qaratilgan qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 20 milliard 400 million so‘m yo‘naltirilishi qayd etilgan.

Bosh prokuratura Toshkent shahri va viloyatidagi havoni ifloslantiruvchi korxonalarni tekshiradi

Bosh prokuratura 22-oktyabrdan Toshkent shahri va viloyatida atrof-muhitga taʼsiri yuqori bo‘lgan korxonalarni tekshirishni boshladi. Nazorat organi filtrlovchi uskunalarni o‘rnatish ishlari kechikayotganini taʼkidladi.

O‘zbekiston banklarining yangilangan reytingi eʼlon qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2024-yilning III choragi uchun "Bank faollik indeksi"ni yangiladi, u mamlakatdagi 31 ta tijorat banklari uchun, banklarning hajmiga qarab 17 ta yirik va 14 ta kichik banklarga guruhlangan holda hisoblab chiqilgan.

Xorijda mahkum etilgan shaxslarni O‘zbekistonga qabul qilish choralari takomillashtirilmoqda

Senatorlar mahkumni unga belgilangan jazoni o‘z davlatida o‘tashi orqali uni ijtimoiy reabilitatsiya qilishni jadallashtirishga, shuningdek, xorijdagi fuqarolarning huquqiy himoya qilinishiga oid qonunni ma'qulladi.

AOKA direktori Asadjon Xodjayev gazeta va radiolar soni kamayganini izohladi

2016−2024-yillarda gazetalar soni 691 tadan 600 taga (15 foiz), radiolar esa 35 tadan 29 taga (25 foiz) kamaygan.

Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori etib tayinlandi

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar u Bosh prokuratura agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva sun’iy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etilganini ma’lum qildi.

Suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi

Qonunga ko'ra, bir qator qonunlarga Suv xo'jaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya bo'limlari hamda maxsus xizmatlar negizida tashkil etilgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlarini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Xorijdagi saylov uchastkalari manzillari ko‘rsatilgan interaktiv xarita yaratildi

27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovida ovoz berish bo‘yicha xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalarining interaktiv xaritasi yaratildi.

O‘zbekistonning jahon qonun ustuvorligi indeksidagi o‘rni eʼlon qilindi

Global qonun ustuvorligi indeksining 2024-yilgi hisobotida O‘zbekiston 142 davlat orasida 83-o‘rinni egalladi.

O'zagroinspeksiya hukumat bo'ysunuviga o'tkazildi

“Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad topish uchun inglizcha kontent tayyorlashni tavsiya etdi

“Mening tavsiyam YouTube’da ko‘proq chetga ishlashga harakat qilish kerak. Chunki monetizatsiya ingliz tilida juda ham katta. Masalan, Marg‘ilonda Inha universitetini bitirgan talabani ko‘rib qolgandik. U 3D printerlar renderini “obzor” qilib beradi. Bir kanaliga kirib ko‘ring, relslari 30 million martalab ko‘rilgan", - deydi vazir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102422 | Инструменты