Huawei 1
Farg‘onada qimorxona tashkil qilgan shaxslar IIB xodimlariga bolta va pichoq bilan hujum qildi

Farg‘ona viloyati IIB Tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati Quva tumani Soykeldi mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z xonadonida qimorxona tashkil etganligi aniqlangan.

Maʼlum bo‘lishicha, u o‘z xonadoniga Andijon viloyati va Quva tumani fuqarolaridan jami 9 nafar shaxslarni jalb etgan.

Tezkor tadbir davomida yuqoridagi shaxslar tomonidan IIB xodimlariga bolta va pichoq bilan ko‘rsatilgan faol qarshilikka qaramasdan, gumonlanuvchilarning barchasi jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ushbu o‘yinda fuqarolar tomonidan o‘yinga tikilgan jami 17 mln so‘mdan ziyod pullar, 200 AQSH dolari va 35 rubl kupyuradagi pullar, 8 dona oshiq va 25 dona oshiq otish uchun stakanlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12117 | Инструменты