Huawei 1
Farg'onada qassob aka-ukalar bilan urishib, ularga pichoq sanchgani oqibatida bir kishi vafot etdi

Telegramdagi kanallarning birida “Bag‘dodda nima gaplar” sarlavhali post joylashtirildi. Unda aytilishicha, Bog'dodning Mirzaobod qishlog‘ida qotillik bo‘lgan. Ya'ni bir qassob yigit aka-ukalarni pichoqlab, ulardan birining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Ikkinchisi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

"Bizga ma’lum bo‘lishicha, kelishmovchilik bir necha yillardan buyon davom etib kelgan",- deyildi xabarda.

Ushbu holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 17-avgust kuni bir qassob o‘ziga tegishli Bag‘dod tumani Mirzabod mahallasida joylashgan go‘sht do‘koni oldida ikki aka-uka bilan o‘zaro gap talashib janjallashib ketgan. Janjal davomida qassob ularga go‘sht do‘konidan olgan pichog'i bilan tan jarohati yetkazgan.

Tuman tibbiyot bo‘limining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, aka-ukalarning biriga yetkazilgan og‘ir tan jarohati oqibatida tibbiyot bo‘limda vafot etgan. Yana biri esa yengil tan jarohati olib, hozirda shifoxonada davolanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumondor shaxs esa ushlangan.

Avvalroq, Toshkentda profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilgan mast fuqaroga jinoyat ishi qo'zg'atilgani, Magic Cityda ham fotograf hamkasbini pichoqlab qo'ygani haqida xabar bergandik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82513 | Инструменты