Huawei 1
Farg'onada suyultirilgan gaz ballonlari talon-toroj qilinishining oldi olindi

“Hududgazta’minot” AJ Komplayens nazorat tuzilmalari, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida 14-oktyabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlarida tumanning “Dehqonobod” va “Do‘stlik” MFYlarida suyultirilgan gaz ballonlarini noqonuniy saqlash uchun mo‘ljallangan “bunker”lar aniqlandi.

Xususan, “Dehqonobod” MFYda fuqaro A.T. ga tegishli noturar joyda 69 ta, fuqaro E.F. xonadonida 35 ta “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minotiga tegishli maishiy gaz ballonlari topilgan.

Fuqaro A.K. mahalladagi noturar joyda “bunker” tashkil qilgan va u yerda 110 ta maishiy gaz balloni aniqlangan.

Shuningdek, “Do‘stlik” MFYda joylashgan fuqaro A.T. ga tegishli noturar joyda T.H. tomonidan “bunker” tashkil etilgan holda, 200 dona gaz balloni saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Tadbirlar davomida jami 414 dona (314 tasi suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan) maishiy gaz ballonlaridagi 6,2 ming kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-toroj qilinishining oldi olindi.

Holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan va barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты