Huawei 1
“Faxriy murabbiy” ordeni ta'sis etildi

“Faxriy murabbiy” ordenini ta'sis etish to'g'risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “Faxriy murabbiy” ordeni ta'sis etildi va orden to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

“Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot g'oyalardan asrash, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hissa qo'shgan O'zbekiston fuqarolari mukofotlanadi.

Ushbu orden bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 40 baravari (8 mln 920 ming so'm) miqdoridagi bir martalik pul mukofotini oladi va qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga