O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti velosportni rivojlantirish va ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo velosport konfederatsiyasining oliy faxriy mukofoti – “Prezident mukofoti”ga sazovor bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari XVI prezidenti bilan uchrashuvida ma'lum qilindi.

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi prezidenti David Lappartyan Shavkat Mirziyoyevni ushbu oliy faxriy unvon bilan tabrikladi.
David Lappartyan Oʻzbekistonning velosport va paravelosportda erishgan yutuqlarini hamda yurtimizda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turi bilan shugʻullanishga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni alohida eʼtirof etdi.
Eslatib o'tamiz, martabali mehmonni Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakat velosport federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.
Avvalroq Prezident “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” doirasida velosport musobaqalari o‘tkazib borilishi bo'yicha qonunni imzolagan. 2027-2028 o‘quv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internatida paravelosport yo‘nalishidagi o‘quvchilar qamrovi maktab-internatning umumiy kontingenti doirasida 20 foizga yetkaziladi.
Shuningdek, 2027-yildan talabalar o‘rtasida "Talabalar kubogi", zarur infratuzilmaga ega maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Direktor kubogi" hamda vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida "Yangi O‘zbekiston" musobaqalari tashkil etiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa "Sening imkoniyating" paravelosport musobaqasi yo‘lga qo‘yiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112719 | Инструменты