Oʻzbekistonda velosport boʻyicha yirik xalqaro sport tadbirlari va musobaqalari o’tkaziladi

David Lappartyan Oʻzbekistonning velosport va paravelosportda erishgan yutuqlarini hamda yurtimizda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turi bilan shugʻullanishga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni alohida eʼtirof etdi.

Sportchilarni tayyorlash va murabbiylarning malakasini oshirish boʻyicha qoʻshma dasturlarni ilgari surish, Toshkent shahrida Jahon velosport markazining mintaqaviy filialini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻshma “yoʻl xaritasi” asosida Oʻzbekistonda velosport boʻyicha yirik xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarini oʻtkazish rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida sport tashkiloti rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti velosportni rivojlantirish va ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo velosport konfederatsiyasining oliy faxriy mukofoti – “Prezident mukofoti”ga sazovor bo‘lganini mamnuniyat bilan ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112717 | Инструменты