Daniyaning O‘zbekistondagi elchisi Lars Tuyesen O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi.
27-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Lars Tuyesendan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
“Daniyani Yevropadagi istiqbolli hamkorlarimizdan biri sifatida ko‘ramiz. Suhbatimiz davomida siyosiy muloqotni izchil davom ettirish, o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish, ko‘plab sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratdik”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Lars Tuyesen Daniya TIVning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili (qarorgohi Kopengagenda), shuningdek, o‘rindoshlik asosida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchisi lavozimlarini egallab turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112810 | Инструменты