28-29-noyabr: O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Oʻtgan juda iliq davrdan soʻng havo harorati noyabr oxiri uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlargacha pasayadi. Havo harorati asosan kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq, janubda 17-20 daraja iliqqacha boʻladi.

Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va Fargʻona vodiysida 13-18 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda esa baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning togʻli hududlarida 27-noyabr kuni baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 28-29-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari 4-6 daraja iliq, kunduz kunlari 13-15 daraja iliq boʻladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112715 | Инструменты