Qish faslining oxirgi oyi - fevral kirib kelmoqda. Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyi yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 2-2,5 darajaga, tog‘larda 1-1,5 darajaga iliqroq bo‘ladi.
Ammo qish oylarining ob-havosi bir xillikka moyil emas va turli yillarda O‘zbekistonda fevral oylari har xil bo‘ladi.
Fevral oyida bahoriy iliq ob-havo tez-tez kuzatilgan davrlarda tabiat uyg‘onib, bodom, o‘rik, olxo‘ri va olchaning erta pishar navlari gullashi boshlanadi.
Ushbu asrda umuman olganda 2004, 2016 va 2021 yillarning fevral oylari eng iliq oylar bo‘lib, o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yordan 3-6 darajaga yuqori bo‘lgan. Ushbu yillarda eng iliq davrlarda havo harorati 22-27daraja iliqqacha, janubda 28-30 daraja iliqqacha ko‘tarilgan va bunday sharoitlar bahor faslining o‘rtalariga xosdir.
O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun fevral oyidagi maksimal haroratning mutloq rekordlari respublika hududining katta qismida 2016 va 2021 yillarda kuzatilgan edi.
Ammo, eng iliq yillarda ham fevral hali ham qish oyi ekanligini unutmaydi. Ko‘pincha havoni jadal isishidan so‘ng qisqa muddatga qishki sovuqlar qaytadi. Shunday qilib, 2021 yilning fevral oyida anomal iliq ob-havodan (me’yordan 8-13 darajaga yuqori) so‘ng, oyning oxirgi haftasida havo harorati 10-15 daraja sovuqqacha pasaygan edi.
Mazkur asrda eng sovuq davrlar 2008, 2012 va 2014 yillarning fevral oylarida kuzatilgan bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat me’yordan 4-8 darajaga past bo‘lishi kuzatilgan. Respublika hududining katta qismida minimal havo harorati 12-17 daraja sovuqqacha, shimolda 24-29daraja sovuqqacha pasaygan. Biroq, bu sovuqlar kuzatuvlarning tarixiy qatori uchun eng past qiymatlarga nisbatan (hududlarning katta qismida havo harorati 23-28 daraja sovuqqacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30-32 daraja sovuqqacha, Ustyurtuda 38-40 daraja sovuqqacha pasaygan) ancha kuchsizroq bo‘lgan.
Faqat Surxondaryo viloyati bo‘yicha minimal havo haroratining mutlaq rekordi ushbu asrga tegishli. 2014 yil fevral oyida harorat 20-22 daraja sovuqqacha pasaygan edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda fevral oylari iliqroq bo‘ldi.
Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida fevral oyi kuz-qish davri uchun yog‘ingarchilik eng ko‘p kuzatiladigan oydir.
Shunga qaramay, fevral oyi yog‘ingarchilik miqdori, hamda harorat tartibi bo‘yicha ham turli xil bo‘ladi.
Ushbu asrda 2016 yilning fevral oyi eng quruq bo‘lib, barcha hududlar bo‘yicha yog‘ingarchilik oylik me’yorning 20% dan kam bo‘lgan.
Hududning katta qismida 2010 yil fevral oyida yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lib, oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 200% dan 300% gacha bo‘lgan edi.
Tekislik hududlar bo‘yicha fevral oyida yog‘ingarchilik tez-tez aralash ko‘rinishda (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, lekin qor qoplami kamdan-kam hollarda shakllanadi va 2-5 kundan ko‘p saqlanib turmaydi.
Ushbu asrda qor qoplami eng uzoq kuzatilgan davr 2008 yil fevral oyida qayd etilgan. Respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha qor qoplami kuzatilgan kunlar soni 20-25 kunni, janubiy viloyatlarda 8-15 kunni tashkil etgan.
Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda?
Bu yil fevral oyi 6-7 kun davomida saqlanib taradigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.
Ushbu davr boshida havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 6-7 fevral kunlariga kelib, nisbatan iliqlashadi, kunduz kunlari havo 12-15 daraja iliqqacha, shimolda 5-8 daraja iliqqacha isiydi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Respublika hududi bo‘yicha birinchi o‘n kunlik oxirida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda har o‘n kunlikda 2-3 kundan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda
Fevral oyida respublika hududi bo‘yicha oylik yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan ko‘p bo‘lmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13101 | Инструменты