Huawei 1
Firibgarlikda ayblanib  qidiruvda bo‘lgan fuqaro Turkiyadan O'zbekistonga deportatsiya qilindi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Turkiyada qo‘lga olingan, 2011-2013-yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib 2014-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1951-yilda tug'ilgan Jafarova Xaticha Musoyevna Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102418 | Инструменты