Huawei 1
"Flyadeal" aviakompaniyasi Namanganga parvozlarni boshladi

15-yanvar kuni Namangan aeroportida Saudiya Arabistonining "Flyadeal" aviakompaniyasi birinchi reysi kutib olindi. Havo kemasi sathida 350 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 10:21 da Namanganga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.

Jidda-Namangan-Jidda yoʻnalishi boʻyicha muntazam ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga uch marta dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, "Flyadeal" aviakompaniyasi 2024-yil 21-noyabrdan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻygan edi – Toshkent va Jidda oʻrtasidagi reyslar har kuni amalga oshirilmoqda.

"Flyadeal"  Saudiya Arabistonining loukostr formatidagi aviakompaniyasi bo'lib, Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya Saudiya Arabistonining yetakchi havo tashuvchisi "Saudia Groupning" transformatsiya strategiyasi doirasida 2017-yilda tashkil etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11613 | Инструменты