Huawei 1
Fuqaro bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?

Pensiya jamg‘armasi fuqarolar bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiya olishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida tushuntirish berdi.

Bildirilishicha, ayrim holatlarda fuqarolarda bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olish uchun huquqi paydo bo‘ladi. 

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. 

Ya’ni agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish uchun huquq paydo bo‘lganda, yuqoridagi qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20522 | Инструменты