Huawei 1
Gaz hisoblagichlarining “batareyka”lari haqida e'lon qilingan murojaatlarga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz hisoblagichlarining “batareyka”lari haqida murojaatlar eʼlon qilindi. Holat yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy munosabat bildirdi.

“Hududgaztaʼminot” AJ mutaxassislari tomonidan isteʼmolchilardagi (“batareyka” yoki aloqadagi muammo sabab) aloqaga chiqmayotgan elektron gaz hisoblash uskunalari (EGHU) monitoringi yuritilib kelinadi. Ushbu monitoring asosida kamchilik aniqlangan EGHUlar respublikadagi 2 mingga yaqin mahalla gazchilari tomonidan oʻrganilib, muammolar hal etilmoqda. 

Shu bilan birga isteʼmolchilarning “batareyka” yoki aloqa sim kartasi bilan bogʻliq murojaatlari zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

"Qayd etish kerak, isteʼmolchilarga oʻrnatilgan EGHUlar xotirasi doimiy ravishda koʻrsatkichlarni hamda 3 oylik (90 kunlik) kunlik va soatlik gaz sarfi hajmlarini saqlab borish imkoniga ega. Turli sabablarga koʻra EGHUdagi gaz sarfi hajmlari maʼlumotlari oʻz vaqtida isteʼmolchi shaxsiy hisob raqamiga yuborish imkoni boʻlmagan taqdirda, aniqlangan muammolar bartaraf etilganidan soʻng EGHU xotirasida maʼlumotlar qaysi kunga tegishli boʻlsa oʻsha kunga yoʻnaltiriladi va mazkur davr boʻyicha hisob-kitob amalga oshiriladi", deyiladi xabarda.

Shu oʻrinda “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilardan vaqti-vaqti bilan EGHU va shaxsiy kabinetdagi koʻrsatkichlarni oʻzaro solishtirishni tavsiya qiladi. Koʻrsatkichlar haqida “Hudud Gaz Taʼminot” mobil ilovasi orqali yoki shaxsiy kabinet orqali maʼlumot olish mumkin. Agar EGHU va shaxsiy kabinetdagi koʻrsatkichlar farq qilsa yoki hisob-raqamingizdagi mablagʻlar oʻzgarishsiz qolganini sezsangiz, darhol 1104 qisqa raqamiga yoki mahalla gazchisiga murojaat qiling.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121914 | Инструменты