Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yurak yetishmovichiligi kabi jiddiy xastaliklarga olib kelishi mumkin.
Shu bois yuqori qon bosimi profilaktikasi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
1. To‘g‘ri ovqatlanish. Qizil go‘sht, hayvon yog‘lari va tuz isteʼmolini kamaytiring. Taomnomada meva-sabzavotlar, baliq, yong‘oq, yog‘siz sut mahsulotlari bo‘lishiga eʼtibor bering.
2. Qahvani cheklash. Kofein qon bosimini oshiradi. Shu bois uni cheklash maqsadga muvofiq.
3. Alkogol va tamaki mahsulotlaridan voz kechish.
4. Jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. Yengil sport turlari, piyoda yurish, velosiped uchish, suzish arterial qon bosimining meʼyorda bo‘lishiga yordam beradi.
5. Tana vaznini nazorat qilish. Ortiqcha vazn gipertoniya rivojlanish xavfini oshiradi.
6. Stressli vaziyatlardan qochish. Meditatsiya va yoga bilan shug‘ullanish stress hissini kamaytirishning samarali usuli hisoblanadi.
7. Uyqu rejimiga amal qilish. Gipertoniyaga chalingan bemor kuniga kamida 8 soat uxlashi tavsiya etiladi.
8. Dorilarni o‘z vaqtida qabul qilish. Agar shifokor qon bosimini tushirish uchun kerakli dorilar yozib bergan bo‘lsa, ularni o‘z vaqtida ichish lozim.
9. Davriy shifokor ko‘rigidan o‘tish. Bu organizmdagi salbiy o‘zgarishlarni barvaqt aniqlash va tezkor choralar ko‘rish imkonini beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11314 | Инструменты