Huawei 1
Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali realizatsiya qilish tartibi belgilandi

Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali realizatsiya qilish tartibi belgilandi. Bu 27 yanvar kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom bilan tasdiqlandi.

Nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Dorixonalardan giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga shifokor retsepti asosida realizatsiya qilish (berish) quyidagi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi:

  • dorixona mudiri;
  • farmatsevt (provizor);
  • dorixona farmatsevti assistenti.

Giyohvandlik vositalari maxsus pushti retsept blanka asosida beriladi.

Davolash-profilaktika muassasalariga giyohvandlik vositalari uchun zarur bo‘lgan retsept blankalari Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.

Bir dona retsept blankasida shifokor tomonidan faqat bitta nomdagi giyohvandlik vositasi miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshirilmagan holda yozilishi kerak. 

Dorixonaning giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonada giyohvandlik vositalari bo‘yicha berilgan retseptlar besh yil davomida muhrlangan holda saqlanadi.

Nizomga ko‘ra, davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida giyohvandlik vositalari zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, bo‘limlarida esa uch kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13023 | Инструменты