Ayni damda hodisa joyida tegishli tashkilotlar va soha mutaxassislari ish olib bormoqda. Hodisa tafsilotlari va sabablarini aniqlash, uning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish choralari koʻrilmoqda
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Glinka ko'chasida yo'l o'pirilib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat bo'yicha Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot xizmati tushuntirish berdi.
Unda haqiqatan Glinka ko‘chasida yo‘l qoplamasining bir qismi shikastlangani aniqlangani, holat Toshkent shahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olingani aytilgan. Hodisa oqibatida bir nafar shaxs yengil tan jarohati olgan va unga o'z vaqtida tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. Shuningdek, ushbu ko‘chada transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Mutasaddilarning qo'shimcha ma'lumotida aytilishicha, bir muddat avval ushbu hududda eskirgan muhandislik tarmoqlari yangilanib, quvurlar almashtirilgan. Yangi quvurlarning mustahkamligi va ishlash holati ham sinovdan oʻtkazilgan. Ammo ushbu muhandislik tarmogʻi hali ishga tushirilmagan.
Ayni damda hodisa joyida tegishli tashkilotlar va soha mutaxassislari ish olib bormoqda. Hodisa tafsilotlari va sabablarini aniqlash, uning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
"Veolia Energy Tashkent" ham hodisa bo'yicha rasmiy izoh bergan. Ma'lum bo'lishicha, korxona mutaxassislari mas'ul idoralar bilan birgalikda hodisa joyidagi issiqlik kamerasini ko‘zdan kechirib, texnik ko‘rikdan o‘tkazishgan. Unga ko‘ra, issiqlik ta’minoti quvurlari butun va shikastlanmagan.
Joriy yilda yotqizilgan uzunligi 1240 metr bo‘lgan magistral quvur bo‘sh holatda (suv va bosimsiz) bo‘lgan.
Shunday qilib, ushbu hodisa issiqlik ta’minoti tarmoqlarining ekspluatatsiyasi yoki ulardagi uzilishlar bilan bog‘liq emas. Ushbu hududda issiq suv yetkazib berish shtat rejimida amalga oshirilmoqda,-deydi tashkilot.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90514 | Инструменты