8-iyun kuni "Green Hills Resort" dam olish maskanida Global salomatlik kuni nishonlandi. Bu yilgi tadbir #MagentaNature mavzusiga bag’ishlandi. Bu insoniyat va tabiiy dunyo oʻrtasidagi chuqur bogʻliqlikni anglatadi.
Mazkur tadbir har tomonlama tabiat muhofazasiga targʻib qiladi. Tadbir bosh hamkori – Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi. #MagentaNature tabiat bilan uyg’unlashish ramzi bo'lib, biz tabiatning bir bo’lagi ekanimizni, usiz bizga hayot yo’q ekanini tushuntirishga harakat qiladi. Global salomatlik kuni global miqiyosda har yili iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi. Bu kunda dunyo bo’ylab o’tkaziladigan barcha tadbirlar sog‘lom va muvozanatli hayot kechirish muhimligi haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. “Bir kun butun hayotingni o‘zgartirishi mumkin” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir butun dunyo bo‘ylab odamlarni jismoniy harakat, ruhiy va hissiy osoyishtalikka intilishlariga undaydi.
Global salomatlik kuni 2012-yilda Turkiyaning Sapanja shahrida notijorat tadbir sifatida tashkil etilgan. Mazkur sana birinchi bor Turkiyada o’tkazilgandan so’ng dunyo bo’ylab tarqalgan. So'nggi 12 yil davomida bu kun Ozarbayjon, Kolumbiya, Kosta-Rika, Kipr, Fransiya, Italiya, Livan, Marokash, Maldiv orollari kabi dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida nishonlanadi.
2023-yilda O‘zbekiston ushbu global salomatlik harakatiga qo‘shildi. Sana munosabati bilan bu yil mamlakatimizda ikkinchi bor o’tkazilayotgan tadbirga Green Hills Resort dam olish maskani mezbonlik qildi.
Tadbir kun tartibidan yoga mashqlari, Pilates va daraxtlarni quchoqlash tadbirlari joy olgan. Ishtirokchilar toza havo va go‘zal tabiat qo‘ynida sevimli mashg‘ulotlari bilan shug’ullanish imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, tadbirlar ro'yxatiga ovqatlanishni baholash, Tibet qo’shiq kosasi va sadhu mix taxtasi meditatsiyasi, florist va dietologlar mahorat darslari va maslahatlari, turli o'yinlar va eko-viktorinalar kiritilgan.#MagentaNature tadbirlarida tabiat bilan uyg’unlashish barobarida jismoniy, aqliy va ruhiy salomatlik mustahkamlanadi. #MagentaNature 4 muhim yo’nalishni o’z ichiga oladi. Bular:
1. Tabiiy ovqatlanish.
2. Tabiat bilan uyg’unlik.
3. Tabiatni muhofaza qilish.
4. Tabiat qo’ynida dam olish.
Green Hills Resort ushbu 4 yo’nalishni amalga oshirish uchun barcha zarur resurslarga ega. Dam olish maskani ushbu muhim voqeani nishonlash joyi sifatida tanlanganiga ham ushbu factor sabab bo'lgan. Ma’lumot uchun, “Green Hills” dam olish maskani sifati, ekologik tozaligi bo‘yicha jahon standartlariga muvofiq bunyod etilgan bo‘lib, ham O‘zbekiston fuqarolari, ham xorijlik sayyohlar uchun to‘laqonli hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratishga mo‘ljallangan. Dam olish maskani so'lim tog'li hududda joylashgan bo’lib, nafaqat go'zalligi, balki o'ziga xos shifobaxsh havosi bilan ham tashrif buyuruvchilarni hayratga solib kelmoqda.Ma’lumot uchun, 2023-yilda SAIPRO GROUP ushbu tadbir tashkilotchisi bo‘lgan. Bu yilgi Global salomatlik kuni tadbirlariga ham SAIPRO GROUP, Tashkent International Clinic va Green Hills dam olish maskani tomonidan UZREPORT TV ko‘magida tashkil etildi. Tadbirga “Toshkent gullari” gul do‘koni homiylik qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112708 | Инструменты