Gulistonda ETK boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln so‘mini qo‘lga kiritgan ETK boshlig‘i ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Guliston shahar ETK boshlig‘i D.N. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “g.S.K.” MCHJning elektr taʼminotidan 202,5 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berishni vaʼda qilgan. U shuning evaziga MCHJ nazoratchisi A.G.dan 90 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullar hisobidan 3 mln so‘mni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70713 | Инструменты