Huawei 1
Erdo‘g‘an Yevrodagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarga tasalli berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevro-2024 doirasidagi Gollandiya bilan o‘yindan so‘ng milliy terma jamoa futbolchilarini kiyinish xonasiga tashrif buyurib, ularga tasalli berdi. Bu haqda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Janob prezident o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida futbolchilar bilan uchrashdi”, — deyiladi nashr xabarida.

Nashr etilgan suratlarda Erdo‘g‘an millatchilik harakati uchun diskvalifikatsiya qilingan futbolchi Merix Demiral bilan qo‘l berib ko‘rishgani aks etgan.

Erdo‘g‘an Berlinga Turkiya va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yinini tomosha qilish uchun keldi. Gollandiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты