Huawei 1
Toshkent viloyatida mashinani soatiga 157 km tezlikda boshqargan ayolga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda harakat tezligini meyoridan oshirib, o'zini va o'zgalar hayotini xavf ostiga qo'ygan fuqaro aniqlandi

Toshkent viloyati Yo'l harakati xavfsizligi binosiga ushbu ayol olib kelingan. Unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

YHXB o‘z Telegram kanalida e’lon qilgan videoda ayol mashinani aholi punktlarida soatiga 157 km tezlikda boshqarish mumkin emasligini bilmasligini ta’kidlagan. YHXB e’lon qilgan videoda ayolning haydovchilik guvohnomasi bo‘lganmi yo‘qmi oydinlik kiritilmagan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты