Huawei 1
Bayden: Faqat Xudo meni nomzodligimdan voz kechishga majbur qiladi

AQSh prezidenti Jo Bayden 5-iyul, juma kuni kechqurun Amerikaning ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida uni yangi prezidentlik muddati uchun kurashdan voz kechishga faqat Xudo majburlashi mumkinligini aytdi. Jurnalistning agar Kongressdagi demokratlar qayta saylanish imkoniyatlariga putur yetkazayotganini aytsa, nomzodlikdan voz kechasizmi degan savoliga Bayden kulib javob berdi: “Agar qudratli Xudo pastga tushib, menga buni qilishni buyursa, ehtimol men shunday qilaman", - dedi u. 

Bayden yana respublikachi raqibi Donald Tramp bilan teledebatdagi halokatli faoliyatini “yomon epizod” deb atadi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, oʻsha kuni kechqurun u qattiq shamollab qolgan va oʻzini yomon his qilgan, biroq uning sogʻligʻida jiddiy muammolar borligi haqida hech qanday alomat yoʻq. "Men charchagan edim. Debatga tayyorgarlik bo'yicha instinktlarimga quloq solmadim. Men shunchaki yomon tunni o'tkazdim. Negaligini bilmayman", dedi Bayden ovozi bo'g'ilib.

Mustaqil tibbiy testlardan, jumladan, nevrologik va kognitiv testlardan o'tishga va saylovchilarga natijalar haqida xabar berishga tayyormi, degan savolga Bayden shunday javob berdi: "Mana, men har kuni kognitiv testdan o'taman. Men har kuni testdan o'taman”, - degan u. 

Bayden saylovda g'alaba qozonishiga ishonchi komil

So‘rovlarda respublikachilardan ancha ortda qolayotganini inobatga olib, Trampni mag‘lub etish realmi, degan savolga qayta-qayta javob berib, prezident noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonishiga mutlaqo ishonchi borligini aytdi.

"Men NATOni birlashtirgan odamman. Uni kengaytira olaman deb hech kim o‘ylamagandi. Men Putinni to‘xtatgan odamman. Hech kim bu sodir bo‘lishi mumkin deb o‘ylamagan. Men AUKUS bilan Tinch okeani janubi tashabbusini ishlab chiqqan odamman. Men Ukrainaga yordam berish uchun nafaqat Yevropada, balki undan tashqarida ham 50 ta davlatni birlashtirgan shaxsman”, - deya tushuntirdi Bayden.

ABC telekanali na tahrirlangan, na kesilmaganini aytgan 22 daqiqalik intervyu manfaatdor demokratlar tomonidan diqqat bilan kuzatilgan. Vakillar palatasining yuqori martabali demokrat yordamchilaridan biri Reuters agentligiga anonimlik sharti bilan Bayden bilan intervyuning qisqacha lavhasini tomosha qilgandan so'ng, u "yana bir hafta nomzod sifatida turishini" bilmasligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты