Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "The Muslim 500 – The World’s 500 Most Influential Muslims" xalqaro nashrining 2027-yilgi reytingida dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni qatoridan joy oldi.
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti Amman shahrida joylashgan Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi (RISSC) tomonidan har yili e’lon qilinadigan mazkur nufuzli reytingda davlatimiz rahbarining faoliyati davlat boshqaruvi va siyosat yoʻnalishida ham alohida e’tirof etildi.
2009-yildan buyon nashr etib kelinayotgan ushbu reyting musulmon dunyosida siyosiy, iqtisodiy, diniy, ilmiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda sezilarli ta’sirga ega boʻlgan shaxslarni qamrab oladi.
Nashrning 2027-yilgi sonida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targʻib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.
Shuningdek, mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash hamda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan tashabbuslarga yuqori baho berilgan.
Mazkur e’tirof Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yana bir ifodasidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111611 | Инструменты