Huawei 1
Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

“Yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.

2025/2026-o'quv yilidan:

- sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;

- sport maktablarida ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;

- har bir ommaviy sport bo'yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta'lim muassasalari biriktiriladi;

- ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner o'ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o'tkazib borishga mas'ul hisoblanadi.

2025/2026-o'quv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:

- sport turlari bo'yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;

- mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo'yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo'naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;

- mahorat maktablari o'quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko'p bo'lmagan miqdorda 7–11-sinf o'quvchilaridan iborat bo'ladi;

- mahorat maktablari o'quv dasturini o'zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o'tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma beriladi;

- mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta'minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to'lovi undirilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121913 | Инструменты