Huawei 1
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati +45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda 25-29-iyul kunlari juda issiq havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

25—26-iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты