1–3 dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet. So‘ngra havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 3 dekabrga borib kunduzi +13 darajagacha iliydi.
Ammo 4–5 dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Shimoliy hududlardan tashqari, respublika hududi bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Havo harorati +6…+11 darajagacha pasayadi. 1–5 dekabr kunlari harorat кечалари –3...+2 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida 1–3 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4–5 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan jadalligi yuqori bo‘lmagan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 0…+5 daraja bo‘ladi, 1–3 dekabr kunlari kunduzi +13…+15 darajagacha ko‘tariladi, 4–5 dekabr kunlari +8…+11 daraja bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120117 | Инструменты