Bunga sabab qilib Saudiya Arabistonidagi narxlarning 30-40 foizga oshgani ko'rsatilmoqda
Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, narxlarning oshishiga Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingan, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani sabab bo‘lgan.
Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022-yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgan. Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgan.
Ma'lumot o'rnida, bu yil O‘zbekistondan 10 865 kishi haj safariga boradi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 7 200 nafar edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90400 | Инструменты