"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026-yil 24 yanvar. 27-son) qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan respublikamizda "Haj va Umra yagona portali" ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:
- 2026-yil 1-fevraldan boshlab — "Haj" tadbiriga;
- 2026-yil 1-maydan boshlab — "Umra" tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.
Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12713 | Инструменты