"Hamid Olimjon" metro bekatida poyezd nima sababdan to'xtatilgani aytildi
24 may kuni ertalab soat 08:52da, №4 yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan poyezd, texnik sabablarga ko‘ra Hamid Olimjon bekatida to‘xtab qoldi. Holat bo'yicha "O'zbekiston temir yo'llari" AJ izoh berdi.
Unga ko'ra, bu voqea haydovchi tomonidan poyezd nosozligini aniqlanishi munosabati bilan sodir bo‘lgan.
Ko‘rsatmaga ko‘ra, yo‘lovchilar tushirildi va poyezd zaxiraga "Paxtakor" stansiyasining berk qismiga jo‘natildi. №16 yo‘nalish bo‘yicha orqadan kelayotgan poyezd yo‘lovchilarni olib, jadvalga muvofiq harakatlanishni davom ettirgan.
Avvalroq, "Buyuk Ipak yo'li" metro bekatida aholining yarim soat vaqti poyezd kutish bilan o'tgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42413 | Инструменты