Har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 103 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda

Statistika agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni 3,8 milliontani tashkil etgan.

Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 103 ta to‘g‘ri kelgan.

Aholiga tegishli jami avtotransport vositalari:

- Yengil avtomobillar – 3 759 045 ta;

- Yuk avtomobillari – 240 917 ta;

- Avtobuslar – 6 297 ta;

- Mikroavtobuslar – 9 102 ta;

- Maxsus transportlar – 5 383 ta. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты