“O‘zbekiston prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Prezidentning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi:
Prezidentining 2005 yil 30 iyundagi PQ–112-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
2025 yil 1 martdan yil yakunigacha Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
– Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha miqdorda;
– Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha miqdorda;
– boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari belgilandi.
Oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
2026 yildan har yili har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda, Hukumat qarori bilan belgilab boriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22518 | Инструменты