Huawei 1
Haroratning ko‘tarilishi ish haftasining oxirigacha davom etadi - O'zgidromet

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston bo'yicha 4-8-mart kunlarida kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi

Mart oyining birinchi kunlarida qish yana bir bor sovuq ob-havo va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar bilan o‘zini eslatdi. Bugun ertalab havo harorati 2-5o sovuqqacha, shimolda 7-12o sovuqqacha pasaydi.

Ammo kunduz kunlari haroratning jadal ko‘tarilishi boshlanadi, haroratning ko‘tarilishi ish haftasining oxirigacha davom etadi.

4-7 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

8-martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Bugun kunduzi havo harorati 4-9o iliq bo‘ladi, so‘ng hafta oxirigacha harorat 13-18o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi. Harorat kechasi 2-5o sovuqdan 2-5o iliqqacha ko‘tariladi. 

Shamol asosan sharqiy yo‘nalishda birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.

5-6-mart kunlari respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

6-7-mart kunlari ayrim tog‘li hududlarda, 8 martda tog‘li hududlarning katta qismida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda: 4-7 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8-martda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 0-2o sovuqdan 3-5o iliqqacha, kunduz kunlari 5-7o iliqdan 15-17o iliqqacha ko‘tariladi.

6-7 martda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты