Huawei 1
Hisor davlat qo‘riqxonasida oq boshli qumoy tasvirga olindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Hisor davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan oq boshli qumoy tasvirga olindi.

Ma'lumot uchun, oq boshli qumoy zaif, qisqarib borayotgan, oʻtroq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur sifatida TMXI Qizil roʻyxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan. Togʻ qoʻriqxonalari va milliy tabiat bogʻlarida muhofaza ostiga olingan. SITES'ning II Ilovasiga kiritilgan.

Soʻnggi yillarda Ohangaron suv omborida 30 tagacha, Objazsoyda (Qurama togʻi)  46 ta, Dehqonobodda – 70 ta, Tangi qishlogʻida (Koʻhitang) – 27 ta dan iborat galasi uchragan. Surxon davlat qoʻriqxonasida mazkur turning umumiy soni 2015-yilda 55-60 tani tashkil etgan. Markaziy Osiyo populyatsiyasining soni barqaror. Dunyodagi populyatsiyasi 500 mingdan 1 milliontagacha ekani taxmin qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90809 | Инструменты