Surxondaryoning Sho'rchi, Sariosiyo, Uzun, Denov va Oltinsoy tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

25-yanvar kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xudoyberganov Baxtiyor Xaitovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Zokirov Ulug‘bek Xurramovich tasdiqlandi.

Ulug‘bek Zokirov 1974-yil 3-dekabrda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 1997-yil Termiz davlat universiteti, 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi biologiya o‘qituvchisi, iqtisodchi.

U.Zokirov 1997-2022 yillarda tijorat banklari, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qishloq qurilish invest, Markaziy bank boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022-yildan buyon Respublika Markaziy bank departament direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, viloyatning Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xo‘jaqulov Abdisalom Pardayevich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Donayev Abduqodir Haydarovich tasdiqlandi.

Abduqodir Donayev 1981-yil 8-avgustda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2005-yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos. U 2005-2022-yillarda Prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022-yildan buyon Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shu bilan birga, bugun Uzun tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Tursunov Baxrom Boboxonovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Bozorov Xabibulla Sherdanakulovich tasdiqlandi.

Xabibulla Bozorov 1980-yil 3-aprelda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003-yil Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.

U 2003-2022-yillarda Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022-yildan buyon Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Denov tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kungacha tuman hokimi bo'lgan Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Abrorov Ilxom Ibraximovich tasdiqlandi.

Ilxom Abrorov 1971-yil 3-iyulda Denov tumanida tug‘ilgan. 1995-yil Tojikiston davlat universiteti, 2008 yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi buxgalteriya hisobi, davlat va jamiyat qurilishi.

U 1997-2020-yillarda mahalliy hokimliklar va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2020-yildan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oltinsoy tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.

Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Djumayev Alisher Turabovich vazifasidan ozod etildi. Uning o'rniga Maxmatrayemov Baxrom Omonovich tasdiqlandi.

Baxrom Maxmatrayemov 1974-yil 7-iyunda Denov tumanida tug‘ilgan. 2000-yil Termiz davlat universiteti, 2006-yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi avtotransport korxonalari menejeri, soliqlar va soliqqa tortish.

U 1996-2021-yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2021-yildan buyon Kinematografiya agentligi bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40217 | Инструменты