2025 yil 11-noyabr kuni Huawei kompaniyasi innovatsiyalar va intellektual mulk (IM) bo‘yicha oltinchi forumni o‘tkazdi, tadbirda ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Eng yaxshi o‘nta ixtiro” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi. Tadbir innovatsiyalar va ijtimoiy taraqqiyotni rivojlanishi uchun ochiqlik va IMni himoya qilishning ahamiyatini muhokama qilish uchun butun dunyodan innovatsiyalar va intellektual mulk bo‘yicha mutaxassislarni jamladi.
“Ochiq innovatsiyalar jamiyat va texnologiya taraqqiyotiga hissa qo‘shadi va bu bizning DNKmizda. Biz innovatsiyalarga ochiq yondashishga sodiqmiz, - dedi kompaniyaning yuridik masalalar bo‘yicha direktori Sun Lyupin. - Huawei boshqalarning intellektual mulkini hurmat qiladi va o‘z mulkini, jumladan patentlar, savdo belgilari, mualliflik huquqlari va tijorat sirlarini himoya qiladi”.
2024 yilda Huawe’ni patentlarni litsenziyalashdan olgan daromadi taxminan 630 million AQSh dollarini tashkil etdi. Huawei'ning patent ajratmalarining umumiy miqdori olingan ajratmalar miqdoridan deyarli uch baravar ko‘proq bo‘ldi.
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Bosh direktorining yordamchisi Marko Aleman shunday dedi: “Huawei BIMT intellektual mulk xizmatlarining global foydalanuvchisi va innovatsiyalarning ilg‘or harakatlantiruvchi kuchidir. 2024 yilda Huawei kompaniyasi patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (Patent Cooperation Treaty, PCT) doirasida 6600ta ariza berdi va 2014 yildan boshlab PCT tizimining eng yirik foydalanuvchisi hisoblanadi.
Xalqaro savdo belgilari assotsiatsiyasi (International Trademark Association, INTA) menejeri Etien Sans De Asedo ta’kidladi: “Nomoddiy aktiv sifatida intellektual mulk bu innovatsiyalar va ijodkorlikni miqdoriy o‘lchanadigan qiymatga aylantiradigan universal tildir”.
LES International Xalqaro litsenziyalash jamiyatining saylangan prezidenti Van Ninlin “sanoat yetakchilari, siyosatchilar, tadqiqotchilar va tadbirkorlarni hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashish, to‘siqlarni kamaytirish va mas’uliyatli litsenziyalash bilan shug‘ullanishga” chaqirayotganini ta’kidladi.
Forumda Huawei kelajakdagi rivojlanish uchun muhim bo‘lgan bir qator biznes sohalarini, jumladan, hisoblash texnikasi, HarmonyOS operatsion tizimi va ma’lumotlarni saqlash tizimlarini qamrab olgan oltinchi “Eng yaxshi o‘nta ixtiro” mukofotini qo‘lga kiritgan innovatsiyalarni taqdim etdi.
Huawei kompaniyasining intellektual mulk bo‘yicha vitse-prezidenti va rahbari Alan Fan ta’kidlashicha, Huawei AKT sohasida yetakchi texnologiyalarning yetkazib beruvchisi sifatida o‘z texnologiyalarini ochiq dasturiy ta’minot, ochiq apparat ta’minot, patent so‘rovlari, standartlashtirishga qo‘shgan hissasi va ilmiy maqolalar orqali baham ko‘radi.
2024-yilda Huawei 37 000 ta patentni e’lon qildi va kompaniya uchun yangi rekordni o‘rnatdi. Bundan tashqari, Huawei standartlashtirish tashkilotiga 10 000 dan ortiq texnik materiallarni taqdim etdi va 1000 dan ortiq ilmiy maqolalarni nashr etdi. Shu bilan birga, OpenHarmony'ning manba kodi 8100 dan ortiq jamoat a’zolarining hissalari tufayli yana 10 million qatorga o‘sdi, openEuler esa 10 million o‘rnatishdan oshdi.
Uyali aloqa standartlari sohasida 2024 yil oxiriga kelib 2,7 milliarddan ortiq 5G qurilmalari Huawei patentlariga, Wi-Fi sohasida esa 1,2 milliarddan ortiq iste’molchi elektron qurilmalari litsenziyalangan. Multimedia sohasida 3,2 milliarddan ortiq multimedia qurilmalari kompaniya patentlari bo‘yicha video kodeklarga litsenziyalangan. Fortune Global 500 ro‘yxatidan jami 48 ta kompaniya Huawei’ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita litsenziatlariga aylangan.
Gonkong universiteti vitse-prezidenti o‘rinbosari Tan Xeyvay ham forumda nutq so‘zladi: "Innovatsiyalar zamonaviy iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib, ularning barqaror ishlashi ishonchli, ochiq va global ishonchga ega patent tizimiga bog‘liq. Huawei kabi kompaniyalar intellektual mulk bo‘yicha xalqaro me’yorlarga rioya qilishlarini ko‘rishdan xursandman, bu esa sog‘lom biznes ekotizimini rivojlantirish orqali intellektual mulk qiymatini maksimal darajada oshirishga imkon beradi.
Ochiq innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasida Huawei 2024-yil iyun oyida Chaspark Patent saytini ishga tushirdi. Bu butun dunyo bo‘ylab tadqiqotchilar uchun patent ma'lumotlariga ega bo‘lgan bepul va ishonchli platforma - ushbu xizmat talabalar, individual tadqiqotchilar va kichik texnologiya sohasidagi tashkilotlar uchun juda qimmat bo‘lishi mumkin. Kompaniya bugun Chaspark Patent’ning muhim yangilanishlarini, shu jumladan semantik qidiruv va sun’iy intellektni ko‘rib chiqish kabi yangi xususiyatlarni e’lon qildi.
Forumning boshqa mehmon ma’ruzachilari orasida PatSnap China bosh direktori Chju Yali, Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha Clarivate direktor Van Tsi; Sisvel prezidenti Mattia Fogliakko; va Avanci Vehicle prezidenti Lori Fitsjerald nutq so‘zlashdi. Ular o‘z tajribalari va ochiq innovatsiyalar sohasida ilg‘or amaliyotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Forum yakunida Song shunday dedi: “Biz innovatsiyalar va intellektual mulkni himoya qiladigan muhitni yaratishga intilamiz va intellektual mulkni konstruktiv himoya qilishga yordam berish uchun sanoat hamkorlari bilan yaqindan ishlaymiz. Shu tariqa, sanoat ishtirokchilari birgalikda o‘sishda va rivojlanishda davom etishlari mumkin”.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111318 | Инструменты