Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (Humo)ning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishni tashkillashtirish uchun professional konsalting kompaniyasini jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qildi.
Konsultantlar aktivning tarmoq hamda individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sohadagi institutsional investorlarni aktivni sotib olishga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish asosida xususiylashtirish usuli va shartlarini ishlab chiqishlari lozim.
Jamiyat tomonidan nominal qiymati 1000 so‘m va umumiy qiymati 155,4 mlrd so‘m bo‘lgan 155 448 748 dona oddiy aksiyalar chiqarilib, 100 foiz Davaktiv agentligiga joylashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51817 | Инструменты