“Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, aliment to‘lovchining boshqa qarzdorligi bo‘lganda, qarzdordan undirilgan mablag‘lar aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qoplangandan so‘ng boshqa qarzlariga o‘tkaziladi.
Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan va qidiruvga e’lon qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar MIBning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi va davlat OAVlarida tarqatiladi.
Quyidagilarni belgilovchi qonun ishlab chiqiladi:
-️ aliment bo‘yicha qarzdorlik bartaraf etilgunigacha:
- qarzdorning transportini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;
- qarzdorga lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan davlat xizmatlarini vaqtincha ko‘rsatmaslik;
- aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilanadi.
MIB huzurida “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 50 milliard so‘m ajratiladi.
Aliment to‘lovchidan 3 oyda aliment undirish imkoni bo‘lmaganda jamg‘armadan aliment to‘lovlari to‘lab beriladi hamda keyinchalik qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
Farmonga ko‘ra, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalar uchun “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etildi hamda u 15 may – Xalqaro oilalar kunida topshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13023 | Инструменты