Huawei 1
IIV matbuot kotibi: Narkotik modda bilan qo‘lga olingan shaxs xonanda Shahriyor ekanligi haqiqatdan yiroq

Kuni kecha Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmatining Telegram kanalida chiqqan xabar tez tarqaldi. Unda aytilishicha, joriy yilning 24-fevral kuni Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi topilgan hamda qonuniy chora ko‘rish uchun Bektemir tumani IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirilgan

Ushbu xabar ortidan ayrim ommaviy axborot vositalari gumonlanuvchi shaxs aynan “xonanda Shahriyor” ekanligini yozib tarqatdi. Biroq maʼlum vaqtdan so‘ng YHXB telegram kanalida hamda OAV sahifalarida ushbu maʼlumotga o‘zgartirish kiritilib, Shahriyor ismi o‘chirib tashlangan. Ayrimlarida esa xabar butunlay o'chirib tashlangan. 

IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning xabar berishicha, ushbu maʼlumot haqiqatdan yiroq.

"Bu kabi xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi JPKning 23 moddasida belgilangan Aybsizlik prezumpsiyasi talablarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risidagi qonunini 14-moddasi hamda Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunni 6-moddasini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni surishtiruv va tergovga oid axborotni tarqatishlarida qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz", deya izoh bergan G‘iyosov.

Uzreport.news tahririyati Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmatiga izoh so‘rab murojaat qildi, biroq bayondan tashqari izoh berilmasligiga oid javob oldi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22700 | Инструменты