“O‘zbekiston Respublikasining “2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–388-son, 26.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:
- byudjet tashkilotlari bo‘yicha:
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,0 foiz;
- Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 1,2 foiz;
- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,4 foiz;
- O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga —
0,4 foiz;
- boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 95,9 foiz;
- Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 2,5 foiz;
- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,8 foiz;
- O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.
2026 yil 1 yanvardan quyidagi summalar 2025 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim:
- uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, ommaviy baholashdan o‘tkazilgan obyektlarga 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi;
- uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan
yer uchastkalarida jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122920 | Инструменты