Tegishli buyruqqa ko‘ra, Ilyas Nurimbetov Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Ilyas Nurimbetov 2008-yil Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialini tamomlagan. 2008 – 2010-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasida tahsil olgan.
U mehnat faoliyatini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filiali tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori sifatida boshlab, keyinchalik ushbu bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan.
Ilyas Nurimbetov tayinlovga qadar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Yangi rahbarga Qoraqalpog‘iston Respublikasida 162 ta tibbiy brigadani o‘z ichiga olgan “103” xizmati tezligi va sifatini oshirish, tizimni raqamlashtirish jarayonini takomillashtirish, muassasa faoliyatiga ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish, zamon talablari asosida xodimlar bilim va malakasini oshirish kabi vazifalar yuklatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10908 | Инструменты