Instabloger eriga ikkinchi xotin sovg‘a qilib, qo‘shxotinlikni targ‘ib qilgan videosi uchun uzr so‘rab chiqdi

Instabloger “Chechenka” eriga ikkinchi xotin sovg‘a qilib, qo‘shxotinlikni targ‘ib qilgan videosi uchun uzr so‘rab chiqdi.

Blogerning aytishicha, videoni tayyorlashdan maqsadi qo‘shxotinlikni targ‘ib qilish bo‘lmagan. Uning asl maqsadini anglamaganlar noto‘g‘ri talqin qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, ko‘pxotinlilik quyidagi jazo turlariga sabab bo‘lishi mumkin:

— asosiy hisob-kitob birligining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi, — — bu esa 16,5 million so‘mdan 33 million so‘mga to‘g‘ri keladi.
— Uch yilgacha axloq tuzatish ishlari.
— Bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikni cheklash.
— Uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты