Huawei 1
Ish haftasi davomida O'zbekistonda kuzatiladigan ob-havo prognozi e'lon qilindi

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 22-24-oktabr kunlariga ob havo prognozini e'lon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 va 24 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib,
g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. harorat 22 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°, 23 oktabrda kechasi 8-13°; kunduzi 10-14°, 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. harorat 22 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°, 23 oktabrda kechasi 8-13°; kunduzi 12-17°, 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. harorat 22 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°, 23 oktabrda kechasi 8-13°; kunduzi 12-17°, 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23-24 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. harorat kechasi 22 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°, 23 oktabrda kechasi 8-13°; kunduzi 12-17°, 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23-24 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22 oktabrda 17-22°, 23 oktabrda 14-19°, 24 oktabrda 12-17° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23-24 oktabrda ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi. sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. harorat 22 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 112-17°, 23 oktabrda kechasi va kunduzi 6-11°, 24 oktabrda kechasi va kunduzi 4-9° bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты