Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv malumotnomasini uydan turib olish mumkinmi?
AOKA huzuridagi shtabda Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirova ishtirokida brifing o'tkazildi.
Brifingda aholi murojaati va savollariga javob qaytarildi.
Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv malumotnomasini uydan turib olish mumkinmi?
Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari ishlagan davridagi ish haqi va ishlaganligi to'g'risidagi ish stajiga oid ma'lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borgan holda yoki elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
Davlat arxivi so'rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma'lumotnoma uchun 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma'lumotnoma uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma'lumotnoma shakllantiradi hamda DXMga yoki YAIDXPga yuboradi.
Davlat xizmati ko'rsatish BEPUL asosda amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50507 | Инструменты