Huawei 1
Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi bekor qilindi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu joriy yilning 7-11 may kunlariga rejalashtirilgan Ozarbayjonga tashrifini noma’lum muddatga qoldirdi. Bu haqda Bosh vazir idorasi bayonot berdi.

Bayonotda Baku shahriga tashrifning bekor qilinishiga G‘azo sektori va Suriyadagi voqealar rivoji, shuningdek, qattiq siyosiy va xavfsizlik masalalari sabab qilib ko‘rsatilgan.

Biroq, Isroilning “Walla” axborot sayti va boshqa mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Netanyaxuning Ozarbayjonga bormasligiga Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Binyamin Netanyaxuning samolyoti Ozarbayjon poytaxti Bakuga yo‘l olgan holda, havo kemasining Turkiya hududi uzra uchishiga ruxsat bermagani sabab bo‘lgan.

Netanyaxuning idorasi muqobil parvoz yo‘llari orqali parvozni amalga oshirish imkoniyatini o‘rganib chiqqan. Biroq, bu parvoz davomiyligini deyarli ikki baravar oshirishi mumkin edi va parvozni bekor qilishga qaror qilingan.

7-11 may kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hukumat a’zolari va yahudiylar jamoasi rahbarlari bilan uchrashishi, Ozarbayjonning Ibrohim kelishuviga qo‘shilishi, Isroil bilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va Bakuning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytirish masalalari muhokama qilinishi kutilayotgan edi.

8 may Ozarbayjonda ramziy kun hisoblanadi. 1992 yil ayni shu kunda  Ozarbayjonning kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan milliy qahramoni Albert Agarunov Shusha shahrini himoya qilish uchun jangda vafot etgan. Netanyaxu Albert Agarunovning Bakudagi qabrini ziyorat etishi ham mumkin edi.

Joriy yilning 3 may kuniga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari Suriya hududiga bir necha havo zarbalarini berdi. Harbiylar harbiy inshootlar, zenit qurollari va raketa infratuzilmasiga hujum qilganini aytdi. Ertasi kuni Isroil mudofaa kuchlari mamlakat qo‘shinlari Suriya janubiga joylashtirilgani va dushman kuchlarning hududga va druzlar qishloqlariga kirib kelishining oldini olishga tayyorligini aytdi.

Shu hafta boshida Isroil armiyasi Damashqdagi prezident saroyi yaqinidagi nishonga hujum qildi. Netanyaxu buni Suriyaning yangi rasmiylariga Isroil o‘z qo‘shinlarini mamlakat janubiga joylashtirishga yo‘l qo‘ymasligi va u yerda yashovchi suriyalik druzlarga tahdid solishi haqidagi signal deb atadi . 29 aprelga o‘tar kechasi Damashqning janubiy chekkasida ushbu etnik ozchilik vakillari va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Suriya Inson huquqlari observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kun ichida 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Suriya druzlarining yetakchisi Shayx Hikmat al-Hijriy voqealarni “genotsid kampaniyasi” deb atadi va xalqaro hamjamiyatni aralashishga chaqirdi.

Suriyaning yangi hukumatlarini qo‘llab-quvvatlagan Turkiya, Isroil hujumlarini qoraladi. Rasmiy Anqara G‘azo sektorida harbiy amaliyotlar boshlanganidan beri Isroil samolyotlari uchun yopiq bo‘lgan Netanyaxu samolyotining mamlakat havo hududidan o‘tishiga ruxsat bermasligini aytdi. Isroildan Ozarbayjonga Turkiyani aylanib o‘tish mumkin, lekin ancha uzoq davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50503 | Инструменты