Huawei 2
Ishga joylashishdagi ta’magirlik haqida to’g’ridan to’g’ri vazirga murojaat qilish mumkin

Yoshlar bilan uchrashuv Sog’liqni saqlash vazirligi mutasaddilari bilan bo’lib o’tdi. 

Unda vazir tomonidan 5-6-kursni yaxshi tamomlagan talabalarni nufuzli ish o’rinlariga vazirlik tomonidan tavsiya qilish amaliyotini joriy qilish taklifi berildi. Bundan tashqari, endilikda ishga joylashish bo’yicha ta’magirlik holatlari kuzatilsa, to’g’ridan to’g’ri vazirga murojaat qilish imkoniyati yaratilishi haqida aytib o’tildi.

Ma’lumot o’rnida, vazir va yoshlar uchrashuvida Respublika bo’ylab 5000 ga yaqin yoshlar oflayn hamda onlayn tarzda ishtirok etishmoqda. Aksariyat yoshlar kasb o’rganish, ijtimoiy va maishiy muammolarga moliyaviy tomondan yechim topish maqsadida  murojaat qilishmoqda.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63022 | Инструменты