Huawei 1
Isroildagi o‘zbekistonliklarni himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda? TIV vakili javob berdi

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashmoqda. Bu mintaqada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda? Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxonov bunga javob berdi.

"O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ushbu mamlakatdagi vatandoshlarimiz bilan aloqani mustahkamlab, kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda.

Elchixona veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar tarqatilmoqda. Xususan, raketa hujumlari paytida bomba boshpanalariga berkinish, rasmiy axborotlarga rioya qilish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurish zarurligi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berib borilmoqda.

Yordam yoki maslahatga muhtoj fuqarolar diplomatik missiyaga 24/7 tartibida ijtimoiy tarmoqlar va telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda", - deyiladi xabarda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты