Huawei 1
IT-kompaniyalarga Qoraqalpog‘istonda loyihalarni amalga oshirishga yordam beriladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi xorijdagi o‘zbekistonliklarga Qoraqalpog‘istonda loyihalarni amalga oshirish uchun yordam bermoqchi. Bu haqda vazir Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘istonda yangi ish o‘rinlarini yaratishga hissa qo‘sha oladigan xorijdagi fuqarolar 17−20-avgust kunlari Nukus shahriga taklif etilmoqda.

Buning uchun nomzodlarning eksport orqali yoshlarga ishchi o‘rinlarini yaratuvchi biznesi yoki startap-loyihasi bo‘lishi kerak.

Ularga “IT Park"ning Nukusdagi yangi binosida 1 yilgacha muddatga bepul ofis beriladi hamda xodimlarni izlash va o‘qitish xarajatlari qisman qoplanadi.

Buning uchun nomzodlar havola orqali onlayn ariza jo‘natishlari kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122318 | Инструменты